"Real" yarimhimoyachisi Isko "Espanyol"ga qarshi uchrashuvdan so'ng jurnalistlar savoliga javob berib o'tdi.
"Yoshlar terma jamoasida o'ynagan paytimda ham oyog'imning uchlari bilan gol urganman. Nixoyat yana bir bor shunday gol kiritdim. Kiritgan gollarimdan va g'alabadan xursandman. Ushbu mavsumda gol kiritish oson bo'lmayapdi, lekin biz imkoniyatlar yaratmoqdaman va bu eng asosiysi. Oldinda hali uchrashuvlar ko'p. Ronalduning Primerodagi golsiz seriyasi? Biroq u Chempionlar Ligasida gol urmoqda. Umuman olganda asosiysi bizning g'alaba qozonayotganimiz" , - deydi Isko.