"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Los-Blankos" va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Nachoga uning jamoada qolishini va klub bilan shartnomasini uzaytirishini istashini aytdi. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Dias xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Nacho hali o'z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan, biroq Anchelotti bir shart qo'ygan - qarorini iyun oyi oxirigacha e'lon qilish. Qayd etilishicha, ispaniyalikning bu qarori “Alaves”da ijara asosida ajoyib mavsum o'tkazgan Rafa Marinning kelajagiga ta'sir qilishi, shuningdek, “Lill”ning frantsiyalik himoyachisi Leni Yoroning Ispaniyaga o'tishini tezlashtirishi mumkin.