Darvozabon Andrey Luninning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
El Partidazo de COPE nashrining xabariga ko'ra, ukrainalik futbolchi haligacha "Real Madrid"dan yangi shartnoma bo'yicha taklifni qabul qilish yoki boshqa klubga ketish haqida bir qarorga kelmagan.
Luninga Evropa klublaridan, xususan, “Arsenal”dan yaxshi takliflar bor. Ammo 25 yoshli darvozabonning qaroriga nafaqat bu ta'sir qilishi mumkin. Qayd etilishicha, Lunin "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan ancha sovuq munosabatda. Futbolchi murabbiyda ishonchsizlik his qilmoqda, buni Chempionlar ligasi finali ko'rsatdi.
Xabaringiz bor, Anchelotti hal qiluvchi o'yinga Tibo Kurtuani maydonga tushirdi, garchi Lunin turnir davomida yaxshi o'ynagan bo'lsa-da. Luninning amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. "Real Madrid" darvozabonga 2029 yilning o'rtalariga qadar yangi shartnoma taklif qilmoqda.