«Real» yarimhimoyachisi Isko «Espanol»ga (2:0) qarshi La Liga 7-tur o'yinidan so'ng, o'z fikrlarini aytdi.
Futbolchi bahsdagi har ikkala golga hammualliflik qilgan edi.
«Biz uyda g'alaba qozonishni juda istagandik. Men uch imkoniyatdan ikkitasini golga aylantirdim. Umid qilamanki, bu - ijobiy seriyaning boshlanishi.
Biz hozir ko'plab vaziyat yaratsak-da, gol urishga qiynalmoqdamiz. Bu borada ko'proq ishlashimizga to'g'ri keladi» – dedi Isko.