"Real" hujumchisi Xoselu Daniel Karvaxal qanday qilib o'z maqsadiga erishganini aytib berdi.
"Men sizga bir narsani aytmoqchiman. Karvaxal butun mavsumni "yig'lab" o'tkazdi, chunki u Chempionlar ligasida o'yinning "Eng yaxshi futbolchsi" sovrinini qo'lga kirita olmadi. Men "Union Berlin" bilan o'yindan keyin mukofotni oldim va u menga: "Voy, aka, bu mukofot juda chiroyli, lekin menda u yo'q", dedi. U shunchalik xafa ediki, men unga mavsum tugashidan oldin olasiz, dedim. Endi biz buni eng muhim o'yinda qo'lga kiritganini ko'ryapmiz", - deya Xoselu so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Karvaxal Chempionlar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.