"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal ispaniyalik jamoadoshi Lamin Yamal haqida gapirdi.
“Kecha kuni Lamin bilan gaplashayotgan edik. Men unga 17 yoshligimda yoshlar ligasida "Real" bilan g'alabani nishonlaganimni va mana u Evroda kattalar jamoasida "Barselona"da muhim rol o'ynashini aytdim.
Yamal - yaxshi o'yinchi, lekin ba'zida men uning quloqlarini tortib turishimga to'g'ri keladi, chunki u himoyada menga yordam bermaydi", - dedi Karvaxal.
Ispaniya terma jamoasi Evro-2024da Xorvatiya, Italiya va Albaniya terma jamoalari bilan bir kvartetda ishtirok etadi.