Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger kelajagi borasida bir qarorga keldi. Oxirgi xabarlarga ko'ra, germaniyalik futbolchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubidan saxovatli taklif olgan.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, markaziy himoyachi qolishni istamoqda. U butun e'tiborini “Real”ga qaratgan va klubda juda baxtli.
"Los-Blankos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ryudigerni jamoaning asosiy figurasi deb hisoblaydi, Madrid grandi prezidenti Florentino Peres ham xuddi shunday fikrda.
Antonio Ryudiger o'tgan mavsumda "Real" safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golga assistentlik qilgan.