Madridning "Real" klubi "Milan"da o'ynayotgan Teo Ernandesni ortga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. "Qirollik klubi"ning uzoq vaqtdan beri asosiy maqsadi yana bir chap qanot himoyachisi "Bavariya"dan Alfonso Devis edi.
Kanadalik futbolchining shartnomasi 2025 yilda tugaydi. "Qaymoqranglilar" esa bu transferni arzonlashtirilgan narxda tashkil qilmoqchi edi, ammo hozir vaziyat o'zgardi, futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasini uzaytirish ehtimoli yuqori. Sport.es xabariga ko'ra, agar Devis "Bavariya"da qolsa, "Real" Ernandes variantiga o'tadi.
Frantsuz 2017 yildan 2019 yilgacha Madrid grandi sharafini himoya qilgan, shundan so'ng u Milanga ko'chib o'tgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchining hozirgi narxi 60 million evroni tashkil qiladi.