"Real" hujumchisi Xoselu "Bavariya"ga qarshi o'yindagi so'nggi muvaffaqiyati butun faoliyatidagi eng muhim voqea bo'lganini tan oldi.
"Los-Blankos" Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinining 88-daqiqasiga qadar umumiy hisobda Myunxenga yutqazayotgan edi. Shundan so'ng Xoselu hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa o'tib ispaniyalik yana gol urdi va jamoasini finalga olib chiqdi.
"Bavariya"ga qarshi o'yin butun faoliyatimdagi eng muhim lahza bo'ldi, - dedi "Espanol"dan ijaraga olingan Xoselu.