Madridning “Real” klubi o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal Nacho Fernandesning jamoani tark etishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Los-Blankos” sardorining kelajagi hali ham hal etilmagan: 34 yoshli futbolchining shartnomasi shu oy oxirida tugaydi va u klubning hamkorlikni uzaytirish haqidagi taklifiga hozircha javob qaytargani yo'q.
“Nacho nima qilishini bilmayman. U hali ham shubhada, ammo qaror qabul qilish uchun hali vaqt bor. Umid qilamanki, u qoladi, chunki u biz uchun muhim, lekin men Toniga aytganimdek, u yakunda qanday qaror qabul qilmasin, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz", - dedi Karvaxal.