"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal unga "Oltin to'p" berilishi mumkinmi yoki yo'qmi degan savolga javob berdi. Karlo Anchelotti shogirdlari ajoyib mavsum o'tkazdi, La Liga va Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi. 32 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri edi.
"Oltin to'p" men uchunmi? Yo'q, yo'q. Ehtimol, Evro-2024'da 15 ta gol ursam. Menimcha, Vinisiusda eng yaxshi imkoniyat bor. U uch oy davomida jarohat oldi, ammo bu uning ko'p gol urishiga va Chempionlar ligasi va La Ligada muhim rol o'ynashiga to'sqinlik qilmadi", - dedi himoyachi.