Omari Forson "Manchester Yunayted"ni tark etdi.
19 yoshli yarim himoyachi "Montsa"ga erkin agent sifatida qo'shildi. Italiya klubi futbolchi bilan shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallanganligini ma'lum qildi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, "Manchester Yunayted" hali ham yarim himoyachi uchun tovon puli oladi.
Forson o'tgan mavsumda Premer-liganing 4 ta o'yinida ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.