Visente Del Boske Guti sochini kesishdan bosh tortganini aytib o'tdi.
“Guti Fernando Redondoga juda o'xshardi. Bir kuni men unga yaqinlashib, unga: "Sochingni biroz qisqartir", dedim, lekin u juda to'g'ri javob berdi: "Sen mo'ylovingni oldirganingda, men sochimni kesaman".
Shundan so'ng men boshqa gaplashadigan hech narsa yo'qligini tushundim", - deya eslaydi "Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi.