Jonatan Taning ehtimoliy transfer summasi ma'lum bo'ldi.
Oldinroq "Bayer" himoyachisi "Bavariya" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagani ma'lum bo'lgandi. Tez orada klublar o'rtasidagi muzokaralar boshlanishi kerak.
Kicker xabariga ko'ra, Leverkuzen klubi futbolchini kamida 40 million evroga sotadi. Uning shartnomasida ozod qilish bandi yo'q.