Jurnalist Karlo Anchelottining "Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan voz kechishi haqidagi so'zlarini tasdiqladi.
Oldinroq madridliklar bosh murabbiyi Italiyaning Il Giornale nashriga bergan intervyusida "Real" klublar o'rtasidagi JCh-2025da ishtirok etishdan bosh tortishi haqida aytib o'tgandi: "Madridning bitta o'yini 20 million evro olib keladi, FIFA esa bizga butun turnir uchun shuncha pul to'lamoqchi" - dedi.
Keyinchalik klub bu ma'lumotni rasmiy bayonot bilan rad etdi va Anchelottining o'zi uning so'zlari noto'g'ri talqin qilinganini aytdi.
"Men shanba kuni u bilan suhbatlashdim va chop etilgan har bir so'zni tasdiqlay olaman. Anchelotti: "Biz klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga bormaymiz, chunki bu moliyaviy, sport va futbolchilarning salomatligi nuqtai nazaridan mutlaqo bema'ni", dedi.
Bu intervyu norasmiy emas edi. Biz boshqa narsalar haqida gaplashdik, ammo tushunmovchilik bo'lmasligi uchun buni ommaga oshkor qilmayman.
Bugun men Anchelotti bilan gaplashdim - u xotirjam. U juda halol va fidoyi inson va o'ziga xos professional" - dedi Toni Damaskelli El Partidazo de COPE efirida.