Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinisius: "Men irqchiliklarning jallodiman"

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior o'tgan yili braziliyalik futbolchini irqiy haqorat qilgan “Valensiya” muxlislarining qamoq jazosiga munosabat bildirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior o'tgan yili braziliyalik futbolchini irqiy haqorat qilgan “Valensiya” muxlislarining qamoq jazosiga munosabat bildirdi.

10 iyun kuni “Valensiya”ning uch nafar muxlisi Vinisiusni haqorat qilgani uchun sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingani ma'lum bo'ldi.

"Ko'pchilik mendan bunga e'tibor bermaslikni so'rashdi, ko'pchilik mening kurashim behuda ketayotganini va shunchaki "futbol o'ynashim" kerakligini aytishdi.

Lekin har doim aytganimdek, men irqchilik qurboni emasman. Men irqchilarning jallodiman. Ispaniya tarixidagi bu birinchi jinoiy hukm men uchun emas. Bu barcha qora tanlilar uchun.

Boshqa irqchilar qo'rqsin, uyalsin va soyada yashirinsin. Aks holda men shu erdaman. Ushbu tarixiy jarayonda yordam bergani uchun La Liga va "Real Madrid"ga rahmat. Yana ko'p bo'ladi", — deb yozgan Vinisius o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Madridning “Real” klubi La Liganing 2022/23-yilgi mavsumining 35-turida “Valensiya”ga safarda mag'lub bo'ldi (0:1). Uchrashuv davomida Vinisius uy muxlislari tomonidan bir necha bor irqchilikka uchragan. Shu bois ikkinchi bo'limda uchrashuv to'xtatilgandi.

O'yindan so'ng “Real” futbolchining haqoratlari uchun prokuraturaga ariza berdi.

BestMaster
11 Iyun 2024, 00:00
vinisius, irqchiliklarning, jallodiman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads