Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde yangi tatuirovka qildirdi. 25 yoshli futbolchining oyog'iga “Parij 22, London 24” yozuvli tatuirovka tushirildi.
Aytish joizki, Valverde aynan 2022 va 2024 yillarda «Real» bilan birgalikda Chempionlar ligasi finaliga chiqqandi. Har ikki uchrashuvda "Los Blankos" g'alaba qozongan.
Parijda “Real” “Liverpul”ni minimal hisobda (1:0) mag'lub etgan bo'lsa, Londonda “Borussiya Dortmund” mag'lub bo'ldi (2:0).
2023/24 yilgi mavsumda Valverde barcha musobaqalarda 54 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.