«Xetafe» yarim himoyachisi Karles Alenya «Barselona» va «Real» o'rtasidagi tarixiy qarama-qarshilikka munosabati haqida gapirdi.
«Men «Barselona»ga o'lgunimcha muxlislik qilaman, ammo «Real Madrid» katta klub va men ularga hech qachon «yo'q» demayman. Men doim katta klubda o'ynashni xohlaganman», - deya Alenya so'zlarini keltiradi "Sport.es".
26 yoshli Karles Alena «Barsa» tarbiyalanuvchisi. 2021 yilning yozida u «Xetafe»ga o'tgandi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi Ispaniya Primerasida jamoasi uchun 29 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.