Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, agar yarim himoyachi Toni Kroos faoliyatini yakunlash haqidagi fikridan qaytsa, jamoaga qaytarishga tayyorligini aytdi.
"Afsuski, Kroos faoliyatini yakunlashga qaror qildi. U qarorlarida nemis, ammo Madridda yashashda davom etadi. Men unga agar u kuzda fikrini o'zgartirsa, birinchi telefon qo'ng'irog'idan keyin hammasini boshidan boshlaymiz, dedim", - deydi Anchelotti.
Germaniyalik yarim himoyachi 2014 yilda "Bavariya"dan "Real"ga o'tgan edi. Bu davrda Kroos barcha turnirlarda 465 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol va 99 ta golli uzatmani amalga oshirdi.