La Liga rahbari Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik ishi bo'yicha chiqarilgan hukm haqida gapirdi.
Bugun sud “Valensiya”ning uch muxlisini 2023 yil may oyida “Mestalya”da bo'lib o'tgan o'yinda “Real” qanot yarim himoyachisiga nisbatan irqchi xatti-harakatlarda aybdor deb topdi.
Ular sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilindi va ikki yilga o'yinlarga tashrif buyurishdan mahrum qilindi. Ispaniyada futbol o'yini chog'ida irqchilik bo'yicha birinchi marta sud hukmi chiqarildi.
"Bu hukm Ispaniyada irqchilikka qarshi kurash uchun ajoyib yangilik. U Vinisiusga etkazilgan zararni qoplaydi va stadionga haqorat qilish uchun kelgan odamlarga aniq xabar yuboradi. La Liga ularni topadi, xabar beradi va ular uchun jinoiy oqibatlar bo'ladi", - dedi Tebas.