Braziliya terma jamoasi Meksikaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etib, so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketdi (3:2).
Iyul oyida "Real" safiga borib qo'shiladigan 17 yoshli Endrik g'alaba to'piga mualliflik qildi.
Endrik avvalroq Angliya (1:0) va Ispaniya (3:3)ga qarshi bahslarda ham "pentakapeonlar" tarkibida gol urgandi. E'tiborli tomoni, futbolchi bu bahslarning barchasida zaxiradan maydonga tushdi.