Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalosning transferi borasida bir qarorga keldi. Yarim himoyachi jamoani tark etib, barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan joyga ketmoqchi ekani avvalroq xabar qilingandi.
Relevo ma'lumotlariga ko'ra, "Real" Sebalosni qo'yib yubormoqchi emas, chunki ular ispaniyalikni juda yuqori saviyali rotatsiya o'yinchisi deb bilishadi. Agar Toni Kroos jamoada qolganida, Daniga ketishga ruxsat berilgan bo'lardi. Biroq nemis futbolchisi professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Sebalos o'tgan yozda "Real Madrid" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi, shuning uchun har qanday manfaatdor klub 27 yoshli yarim himoyachini sotib olish uchun katta miqdorda pul to'lashi kerak edi.