Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyulerning kelajagi haqida insayder Fabritsio Romano ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, madridliklarda hozirda juda ko'plab ijara takliflari bo'lsa ham «qirollik klubi» ularga bir xil tarzda «yo'q» deb javob bermoqda. Gyulerning o'zi hech qachon jamoadan ketish haqida o'ylamagan, hatto zaxirada qolib ketgan vaqtlarda ham.
19 yoshli turkiyalik futbolchi hozirda bor e'tiborini Evro-2024'ga qaratgan. Uning kelajagiga shundan so'ng aniqlik kiritiladi.