Darvozabon Andrey Lunin yozgi transfer oynasida “Real”ni tark etmoqchi. "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri juma kuni ertalab Madrid klubi ofisiga keldi. U Luninning transferi bo'yicha muzokaralar olib borgan.
Emeri, Emiliano Martinesning ketishini inobatga olgan holda, jamoaga yangi darvozabon olib kelmoqchi. "Aston Villa"ning birinchi raqamli futbolchisi Lunin bo'lishi mumkin, u Tibo Kurtua tiklanganidan keyin "Real"ning ikkinchi darvozaboni bo'lishni istamaydi.
"Aston Villa" 25 yoshli Luninning transferi uchun 25 million evro sarflashi mumkin. Eslatib o'tamiz, “Aston Villa” Premer-ligada to'rtinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan.