«Real» klubi La Liga 7-turida «Espanol»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Hujumchi Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga 4ta zarba yo'lladi, ulardan faqat biri darvoza hududiga aniq etib bordi. Natijada, portugaliyalik futbolchining noaniq zarbalari soni joriy mavsumda 22taga etdi. Bu esa La Liga futbolchilari orasida yuqori ko'rsatkichdir.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu bu o'yinda Iskoning goliga hammualliflik qildi va faoliyatidagi 200-assistni amalga oshirdi.