«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Espanol»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Hujumchilar bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilganidan qoniqish hosil qildim. Bugun uydagi dastlabki g'alabani qo'lga kiritish muhim ahamiyatga ega edi.
Nazarimda, ikkinchi bo'limda biz biroz charchab qoldik, lekin 7-tur uchun bu normal holat. Biz jismoniy jihatdan toliqdik. Yana bir muammo shundaki, terma jamoalar o'yinlari tufayli ko'p futbolchilarimiz dam olish imkoniyatiga ega bo'lishmaydi. Eng asosiysi, JCh-2018 saralash o'yinlarida ular jarohat olishmasa bo'lgani.
Chempionlik uchun faqat 2-3ta jamoa kurash olib boradi, deb o'ylamayman. Primera — jahondagi eng murakkab liga, lekin bu muxlislar uchun yaxshi. Bizni juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Men esa Madridga o'z o'yinini ko'rsatish uchun keladigan jamoalar bilan o'ynashni afzal ko'raman», — dedi Zidan.