Antonio Ryudiger nafaqat "Real"ning Chempionlar ligasidagi g'alabasida muhim rol o'ynadi, balki so'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p muhokama qilingan suratlardan birida ham aynan u bosh mavzu.
David Alaba va Chempionlar ligasi kubogi bilan birgalikda tushgan suratda nemis juda kamyob soat bilan namoyon bo'ldi.
Ushbu aksessuar maxsus Philippe Patek Nautilus nusxasining bir qismi bo'lib, u Tiffany & Co bilan hamkorlikda brendlar o'rtasidagi hamkorlikning 170 yilligini nishonlash uchun yaratilgan.
Bild nashrining yozishicha, soat 1,5 million dollar turadi. Bu Chempionlar ligasi kubogining o'zidan deyarli 30 barobar qimmatroq.
Butun dunyoda bu soatning atigi 170 nusxasi bor.