"Real"ning 38 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich klub bilan shartnomasini uzaytirdi, deya xabar beradi taniqli jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, kelishuv allaqachon yakunlangan va xorvatiyalik futbolchi yana bir yilni klubda o'tkazadi.
Avvalroq Modrich Madridda qolish uchun boshqa klublarning takliflarini rad etgani xabar qilingandi.