Madridning “Real” klubi himoyachisi va sardori Nacho Fernandes klubda qolish qarori haqida ma'lumot bermadi. Chempionlar ligasi finalidan biroz oldin kelajagi borasida bir qarorga kelganini aytdi.
Taxminlarga ko'ra, 34 yoshli futbolchi qolishga qaror qilgan, ammo hozircha hech qanday tasdiq yo'q. Jurnalist Xose Luis Sanchesning so'zlariga ko'ra, Nacho "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor, biroq hozircha klubga o'z roziligini bermagan.
Saudiya Arabistoni chempionati vakillari orasida markaziy himoyachiga talab bor. Fernandesning "Real" bilan amaldagi shartnomasi shu oy oxirida tugaydi.