"Kastilya" bosh murabbiyi Raul Gonsales hozirgi lavozimini tark etish niyatida emas. Afsonaviy sobiq forvardning shartnomasi shu oy yakuniga etadi.
Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, 46 yoshli murabbiy “Real Madrid”ning ikkinchi jamoasi bilan ishlashda davom etadi. Klub prezidenti Florentino Peresning fikricha, Raul ketish zarur deb hisoblamaguncha bu lavozimni egallashi mumkin.
Madridlik giganti rahbari mutaxassisni nafaqat oldingi yutuqlari, balki yosh futbolchilarni etishtirishga qo'shgan hissasi uchun ham qadrlaydi. Raul Gonsales "Kastilya"ni 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda.