"Xetafe" "Manchester Yunayted"ga qaytgan Meyson Grinvudning o'rniga futbolchi qidirmoqda. Ingliz grandi Ispaniyada muvaffaqiyatli mavsum o'tkazgan 22 yoshli futbolchining safga qaytishini rasman e'lon qildi.
Goal nashrining xabar berishicha, "Xetafe" Grinvudga o'rinbosar sifatida "Real"ga tegishli Arda Gyulerni ko'rib chiqmoqda.
Gap 19 yoshli vunderkindni bir mavsumga ijaraga olish haqida ketmoqda. Biroq, "qirollik klubi" bu kelishuvga qiziqmayapti. Karlo Anchelotti bo'lajak mavsumda turkiyalikka umid qilmoqda.
Meyson Grinvud “Xetafe” safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Gyuler "Real Madrid" safida 12 ta o'yinda 6 ta gol urdi.