"Dinamo"ning sobiq futbolchisi Vitaliy Dyakov "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning yaqin orada faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 34 yoshli germaniyalik 2024 yilgi Evropa chempionatidan keyin butsasini mixga osib qo'yishini aytgandi.
Dyakov Kroosni "Real Madrid" afsonasi deb bilishini tan oldi, chunki u ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi.
"Nafaqat "Real Madrid" afsonasi, balki jahon futboli afsonasi ham", - dedi Dyakov "V prognoze" nashriga bergan intervyusida.