«Real» yarim himoyachisi Isko Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida bo'lib o'tgan «Espanol»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'yindan keyin futbolchi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Yoshlar terma jamoasida o'ynaganimda oyog'imning uchi bilan zarba berib, gol urgandim. Endi yana bir marta shunday gol urdim. O'z gollarimdan va jamoaning g'alabasidan xursandman.
Ushbu mavsumda gollar urish bizga oson bo'lmayapti, lekin biz ko'p vaziyatlar yaratyapmiz. Bu — muhimi. Hali oldinda o'yinlar ko'p va biz o'z o'yinimizni albatta kuchaytiramiz.
Ronalduning La ligadagi 3ta o'yindan iborat golsiz seriyasi? Lekin u Chempionlar ligasida gol urmoqda. Eng muhimi — biz g'alaba qozondik», — dedi Isko.