Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta Evropa Superligasi loyihasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"UEFA yangi musobaqalarga ruxsat berishi kerak. Sud Evropa Superligasini tashkil etishga ruxsat berdi.
Biz shartnomalar yoki kodlarni buzmaganmiz. Bu UEFA bilan kelishuv tuzishga asos bo'ladi. Biz faqat umumiy til topishimiz kerak.
Umid qilamanki, bu ko'p vaqt talab qilmaydi. Echim topiladi", - dedi Laporta.