Nafaqadagi yarim himoyachi Eden Azar o'ziga nisbatan tanqidlar haqida gapirdi.
"Men tanqidga ahamiyat bermayman. Mashhur odam bo'lgach, sizni albatta tanqid qilishadi. Odamlar o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Men maydonga chiqib, hammani xursand qilish uchun o'ynamadim. Hozir ham so'zlarim uchun meni tanqid qilishlari mumkin. Ammo bu meni o'ylagan narsamni aytishimga to'sqinlik qilmaydi", - dedi belgiyalik.
Eden o'tgan yili faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. Belgiyalik futbolchining so'nggi klubi "Real Madrid" bo'lgan.