Kilian Mbappe “PSJ”dan ketishi, “Real”da o'ynash orzusi bo'lgani haqida gapirib o'tdi.
"Ular yuzimga qarab “PSJ”da boshqa o'ynamasligimni aytdi. Luis Enrike va Luish Kampush meni qutqardi, ularsiz men boshqa maydonga tushmas edim. Shuning uchun murabbiy va sport direktori oldida qarzdorman.
Faoliyatimni yaxshi tahlil qiladigan odam sifatida men ushbu mavsumda o'z standartlarimdan pastroq o'ynaganimga ishonaman. O'ynaganimning o'zi faxrlanishimga sabab edi. Keyingi mavsumda bunday o'yin ko'rsatishim mumkin emasligini ham bilaman.
“PSJ”da baxtli emasdim. Biroq meni himoya qilgan insonlar bor edi. Murabbiy, futbolchi va xodimlar meni qo'llab-quvvatladi.
Kamida keyingi 5 yil men “Real” futbolchisi bo'laman. Juda katta orzuim amalga oshdi. Juda xursandman va ulkan faxr tuyaman. Dunyodagi eng yaxshi klubga o'tyapman", — dedi Kilian Mbappe.
Futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda frantsiyalik hujumchi “PSJ” safida 48 ta o'yin o'tkazib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.