Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Jurnalist Mario Kortejananing xabar berishicha, ukrainalik futbolchi "Los-Blankos" bilan 2029 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolashi kerak.
Manba, shuningdek, Lunin bilan bog'liq vaziyatda bitta nyuanc borligini xabar qiladi. Shartnoma uzaytirilganiga qaramay, darvozabon "Real"ni tark etishi mumkin, chunki uning atrofidagilar ketish g'oyasini ilgari surmoqda.
Andreyning o'zi ham Tibo Kurtua qaytgach, zaxira o'rindig'ida o'tirishini tushunib turibdi. Shu sababdan 25 yoshli darvozabon rahbariyatdan uni boshqa top-klubga qo'yib yuborishni so'rashi mumkin.