Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Ukrainalik futbolchi “Los-Blankos”ning asosiy jamoasiga qaytgan belgiyalik Tibo Kurtua soyasida qolishni istamayapti.
Relevo jurnalistlarining yozishicha, Lunin faoliyatini Ispaniyaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin.
Madridning “Atletiko” klubi Andreyning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va ukrainalik futbolchini Yan Oblakka o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Sloveniyalik yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.