"Real Madrid" o'ng qanot himoyachisi Hakim Ashraf kecha "Espanyol"ga qarshi (2:0) uchrashuvda bosh jamoa tarkibidagi o'zining debyut o'yinini o'tkazdi.
Endihina 19 yoshga qadam qo'yayotgan Marokashlik iqtidor egasi Karvaxalning sog'lig'i bilan yuzaga kelgan muammo sabab Katalon jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi hamda debyut uchrashuvini to'liq 90 daqiqa o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda futbolchining o'zi "Denyoning eng kuchli jamoasi safidagi ilk uchrashuvimdan juda xursandman", - deb izoh bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Ashraf jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanib, bungacha 6 yildan ziyod vaqt "Qirollik klubi"ning turli yosh toifasidagi jamoalari safida to'p surgan.
RealBlancos