Mbappening yillik maoshi "Real"da Parijdagidan kamroq bo'ladi.
Buning sababini 2024-yil boshida Fabritsio Romano ochib bergan edi. Essential Sports orqali podkastda bergan intervyusida u Mbappening Madridda ichki muhitni buzib qo'yishi mumkinligini aytgan.
"Eshitganimga ko'ra, uning maoshi Vinisius va Jud Bellingemning maoshi darajasida bo'ladi, bu ichki muammo tug'dirmaydi. Demak, bu mavsumda 25 million evro (27 million dollar) atrofida bo'ladi", degandi Romano.
Ajablanarlisi shundaki, madridliklar Mbappe bilan Romano aytganidan ham arzonroq narxga kelishib oldilar. Bu uning klubga qo'shilishni qanchalik xohlayotganini ko'rsatadi.
Frantsuz futbolchisi "PSJ" bilan shartnomani qayta imzolaganidan keyin har yili 200 million evro (171 million funt) ishlab topgan bo'lardi. Endi bu Madridda 15 million atrofida bo'ladi.