Bundan roppa-rosa 65 yil muqaddam, 1959 yil 3 iyun kuni Shtutgartda evrokubokning final uchrashuvi bo'lib o'tgandi. Kubok uchun kechgan hal qiluvchi kurashda Ispaniyaning “Real” klubi va Frantsiyaning “Reyms” klublari to'qnash kelishdi.
Final uchrashuvi 2:0 hisobida “Real”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Gol mualliflari Enrike Mateos va Alfredo di Stefano edi. O'sha oqshom "Real" tarixida to'rtinchi marta evrokubokni qo'lga kiritdi.
Bugungi kunda Madridda shunday kuboklar soni 15 ta bo'lib, bu rekorddir. Shanba kuni jamoa finalda “Borussiya Dortmund”ni 2:0 hisobida mag'lub etib, 15-marta chempionlikni qo'lga kiritdi.