Madridning "Real" klubi o'tgan mavsumda "Espanol"dan ijara olingan hujumchi Xoselu bo'yicha rejalari haqida qaror qabul qildi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, rahbariyat ispaniyalik futbolchini bir yarim million evroga doimiy ravishda sotib olishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Xoselu "Real Madrid"ning La Liga va Chempionlar Ligasidagi g'alabasida muhim rol o'ynadi. 34 yoshli forvard chempionatda 10 ta gol urdi, Chempionlar ligasida esa yarim finalda "Bavariya"ga qarshi o'yinda eng muhim dubl qayd etib, "Real"ga final yo'llanmasini taqdim etdi. Xoselu dastlab "Santyago Bernabeu"da qolishni xohlagan, ammo klub uni saqlab qolish maqsadga muvofiqligiga shubha qilgan. Gap shundaki, yozda jamoaga Kilian Mbappe va Endrik ham kelib qo'shiladi.