"Real" darvozaboni Andrey Lunin Madrid klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaga ko'ra, Lunin keyingi mavsumda unga yana zaxira darvozabon vazifasi yuklanishini biladi, shuning uchun u shartnoma uzaytirilishiga shubha qilmoqda.
Luninning "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Lunin ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan tarixdagi yagona ukrainalik bo'ldi.
25 yoshli ukrainalik joriy mavsumda 31 ta o'yinda 32 ta gol o'tkazib yubordi va 12 bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.