"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar ligasi finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Bu aqlga sig'maydi. Agar kimdir menga Chempionlar ligasida oltita g'alaba qozonishimni aytganida, ishonmagan bo'lardim. Bu fantastika.
Qolaversa, "Real Madrid"da shu yo'lni tugatish men doim orzu qilgan narsa", - deydi yarim himoyachi Toni Kroos.
"Borussiya D"ga qarshi o'yin Toni uchun "Real" uchun oxirgisi bo'ldi. Evro-2024dan keyin u faoliyatini yakunlaydi.
Joriy mavsumda Kroos klub safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.