"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem chempionlik paradida nutq so'zladi. "Los Blankos" Chempionlar ligasi finalida Dortmundning "Borussiya"siga (2:0) qarshi o'yindagi g'alabani nishonladi.
Ajoyib mavsumda jamoaning asosiy qahramonlaridan biriga aylangan 20 yoshli Bellingem ispan tilida muxlislarga murojaat qildi: “Madridistlar, men sizni juda yaxshi ko'raman. Evropa chempionlari, Evropa qirollari. Hala Madrid!", degan ingliz futbolchisi.
Jud Bellingem o'tgan yozda "Borussiya"dan "Real Madrid"ga o'tgan edi. "Qirollik klubi"dagi debyut mavsumida futbolchi 42 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.