"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini "Real"ning kuchi haqida gapirdi. "Bergamoliklar Evropa ligasida, madridliklar esa Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritdi. Jamoalar avgust oyida UEFA Superkubogi uchun to'qnash kelishadi.
"Atalanta" yozda kuchayishi mumkinmi? Hamma kuchliroq bo'lishi mumkin - Mbappe kelsa, hatto "Real" ham. Eng muhimi, futbolchilar bir-biriga mos kelishi kerak. Biz tarkibimizni yaxshilamoqchimiz. Raqiblarimiz biz uchun yanada qattiqroq tayyorgarlik ko'rishadi, shuning uchun biz o'zimizni yaxshilashimiz kerak", - deya Gasperini so'zlarini keltiradi Football Italia.
"Atalanta" yakunlangan A Seriyada to'rtinchi o'rinni egalladi.