Madridning “Real” klubi himoyachisi va sardori Nacho Fernandes navbatdagi muvaffaqiyatli mavsum yakunlarini sarhisob qildi. Karlo Anchelotti jamoasi tarixda 15-marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, shuningdek, La Liga va Ispaniya Superkubogida ham zafar quchdi.
"10 yoshimda "Real"ga kelganimda bularning barchasini tasavvur qila olmasdim. Men klub tarixining bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Biz har doim barcha unvonlar uchun kurashamiz, biz hech qachon taslim bo'lmaymiz. Buni bizga bolaligimizdan o'rgatishgan, bu bizning DNKimizning bir qismidir", dedi Nacho.
Shanba kuni bo'lib o'tgan final uchrashuvi “qaymoqranglilar”ning Dortmundning “Borussiya” klubi ustidan 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.