"Real" prezidenti Florentino Peres La Ligadagi hakamlik haqida gapirdi.
"Men hech qachon hakamlar, jamoalar va futbolchilar haqida yomon gap aytmaganman.
Men faqat vaziyatni yaxshilash uchun Federatsiya nima qilishi kerakligini gapirganman. Iltimosim shuki, barcha o'zgarishlar biz biladigan tamoyillarga mos bo'lishini ta'minlash kerak", - dedi qirollik klubi xo'jayini El Mundo Deportivo xabarida.