Bir vaqtlar "Real"da o'n olti mavsum o'tkazgan himoyachi Serxio Ramos jamoaning Chempionlar ligasidagi g'alabasiga munosabat bildirdi.
Xabaringiz bor, finalda madridliklar “Borussiya”ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Gol mualliflari Daniel Karvaxal va Vinisius Junior bo'ldi. Bu "Real Madrid" uchun 15-evrokubok bo'ldi.
"Haqiqiy sevgi hikoyasi. Uni tushunishga urinmang. "Real"ni Chempionlar ligasidagi 15-g'alabasi bilan tabriklayman", — deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqda.
Serxio Ramos 2005-2021 yillarda "Real"da o'ynagan. Bu vaqt ichida himoyachi to'rt marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.