Madridning "Real" klubi rahbarlari yozda yangi darvozabon izlashga tushadi.
Ikki asosiy nomzod De Xea "MYU"dan va Tibo Kurtua "Chelsi"dan. Agarda "Madrid" ikkala darvozabon bilan ham shartnoma imzolay olmasa, uchinchi nomzod sifatida "Atletiko"dan Yan Oblakga harakat qilib ko'radi. 24 yoshli Sloveniyalik darvozabonning shartnomasiga ko'ra uning tovon puli 100 mln yevro.
Eslatib o'tamiz, "Real" "Atletiko"dan aynan ushbu shart evaziga 24 mln orqali Teo Ernandez transferini amalga oshirishga yaqin.